“Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish”fanida temir yo‘l transportida tashish jarayonini boshqarish asoslari, temir yo‘llarda tashish ishlarining ko‘rsatkichlari, stansiyalar va ularning ishini tashkil etish bo‘yicha umumiy tushunchalar, manyovr ishlari me’yori va texnologiyasi, razyezd va quvib o‘tish punktlarining ish texnologiyasi, oraliq, uchastka va saralash stansiyalarining ish texnologiyasi, saralash, uchastka va yuk stansiyalarida mahalliy vagonlarga ishlov berish texnologiyasi, stansiya ishlarini rejalashtirish va uning ko‘rsatkichlarini hisoblash, temir yo‘l uzellarining ish texnologiyasi va vagon oqimlarini tashkil etish kabi mavzular o'rganib chiqiladi.