Ushbu dastur temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish jarayonlarini tashkil etish haqida tushuncha, uning ahamiyati va vazifalari, temir yo‘l vokzallarida servis xizmatlarining ahamiyati va uning zarurligi va transport tizimidagi o‘rni, yo‘lovchilarni tashish jarayonlarini rivojlanishining qisqacha tarixi; temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashishga doir islohotlarning natijalari, istiqboli haqidagi jami masalalarni qamraydi. Bu bilan bo‘lajak mutaxassisni umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirishga hamda kelgusida iqtisodiyotning turli soxalarida, shuningdek temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatishga tayyorlaydi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – temir yo‘l transportida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini xisobga olgan holda, yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va malaka takomillashtirishdir.
Fanni vazifasi - talabalarga temir yo‘l transportining texnikaviy vositalardan samarali foydalanishni, temir yo‘l yo‘lovchi stansiya va vokzal ishlarini ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil qilishni, yo‘lovchilarning temir yo‘llarda tashishga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining to‘liq va sifatli qondirishni, yo‘lovchi poezdlar harakat havfsizligini, mehnat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlashni o‘rgatishdan iborat.
“Yo‘lovchi tashish ishlarini tashkil etish va boshqarish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashish;
- yo‘lovchi vagonlari va poezdlari;
- temir yo‘l vokzallari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- poezdlar harakati grafigida yo‘lovchi poezdlarni joylashtirish usullarini;
- yo‘lovchi poezdlari xarakat grafiklari turlarini;
- yo‘lovchi poezdi vagonlari kompozitsiyasini tuzishni;
- temir yo‘l vokzallarida yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatishni;
- yo‘lovchi bekatlarining ish texnologiyasini;
- yo‘lovchi poezdlar xarakati grafiklarining ko‘rsatkichlarini xisoblashni bilishi va ulardan foydalana olish;
- uzoq, maxalliy va shaxar atrofi yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poezdlar harakatini tashkil etish;
- yo‘lovchi poezdlarida servis xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- Учитель: Нодир Кадырович Арипов
- Учитель: Муслима Джалаловна Ахмедова
- Учитель: Альфия Мирхатымовна Баширова
- Учитель: Гульшан Руслановна Ибрагимова
- Учитель: Шохрух Шароф ўғли Каюмов
- Учитель: Наргиза Фаритовна Светашева
- Учитель: Носиржон Собиржон ўғли Тохиров
- Учитель: Мафратхон Махмудовна Тўхтаходжаева
- Управляющий: Ўткир Хусенов